Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy yuanni tarixiy minimumga tushirdi

Xitoy yuanni tarixiy minimumga tushirdi

Foto: «ABC»

Xitoy Markaziy banki milliy valyuta kursini yana pasaytirdi.

Xitoy xalq banki (Markaziy bank) milliy valyuta qiymatini $1 ga 7,0507 yuan qiymatida belgiladi.

Statistikaga ko‘ra, bu 2008-yilning 24-martidan beri eng minimal ko‘rsatkich.

2019-yilning 1-avgustidan buyon yuan kursi tinmay pasayayotgandi.

Xitoyni valyuta manipulyasiyalarida ayblagan AQSh moliya vazirligi rasmiy Pekindan bu masalada shaffoflikka rioya etishni so‘ragan.

Xitoy Markaziy banki izohiga ko‘ra, yuanning pasayishi jahon iqtisodiyoti va moliya tizimiga salbiy ta’sirini o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring