Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy «Bir yo‘l, bir makon»ga besh yilda 90 mlrd. dollar sarfladi

Xitoy «Bir yo‘l, bir makon»ga besh yilda 90 mlrd. dollar sarfladi

Foto: «AsstrA.ru»

Xitoy «Bir yo‘l, bir makon» tashabbusiga qo‘shilgan mamlakatlarga oxirgi besh yilda 90 milliard dollar sarmoya kiritdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».

Ochiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy kompaniyalari «Bir yo‘l, bir makon» mamlakatlarida umumiy qiymati 30 milliard dollardan oshuvchi savdo-iqtisodiy zonalar barpo etib, 300 ming kishini ish bilan ta’minlagan.

XXR tijorat vazirligi vakili Gao Fenning ta’kidlashicha, 2013—2018-yillarda Xitoy va ushbu integratsiyalashuv tashabbusiga qo‘shilgan mamlakatlar o‘rtasida savdo aylanmasi yiliga o‘rtacha 4 foizdan o‘sib borib, 6 trillion dollarga yetdi. Bu XXR mahsulotlari umumiy aylanmasining 27,4 foizini tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring