Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kolumbiyada kondagi portlash tufayli 11 konchi vafot etdi

Kolumbiyada kondagi portlash tufayli 11 konchi vafot etdi

Foto: «Global Look Press»

Kolumbiyaning Kukunuba shahridagi konlardan biridagi portlash natijasida 11 nafar konchi vafot etdi. Yana 4 nafari jarohat olgan.

Taxmin qilinishicha, ko‘mir konida metan gazi to‘planib qolgan. Portlash natijasida jarohat olgan va yer ostida qolib ketgan 4 konchini qutqarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Ularning jarohati u qadar jiddiy emasligi aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli konda odatdagidan ko‘ra ancha kamroq konchi bo‘lgan. Bu esa qurbonlar soni ancha kam bo‘lishiga olib keldi. Jurnalistlar tomonidan taxmin qilinishicha, konchilar shoshilinch davlat buyurtmasini bajarayotgan bo‘lgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring