Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainalik general snayper uchuvchi vafot etdi

Ukrainalik general snayper uchuvchi vafot etdi

Ukrainaning eng tajribali jangovar uchuvchilaridan biri, general Stanislav Pavlovich halok bo‘ldi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining «G‘arbiy» havo qo‘mondonligi ma’lum qildi.

69 yoshli Pavlovich snayper uchuvchisi bo‘lgan, o‘z faoliyatini oddiy uchuvchi sifatida boshlagan va bombardimonchi aviatsiya polkining komandiri darajasiga ko‘tarilgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Pavlovich so‘nggi yillarda Su-24 bombardimonchi samolyotini boshqargan yagona ukrainalik general edi. Uning o‘limi sabablari ma’lum qilinmagan.

Avvalroq Military Watch Magazine  jurnali Ukraina qurolli kuchlari urib tushirilgan malakali uchuvchilarning yo‘qotilishining o‘rnini to‘ldira olmaydi, degan xulosaga kelgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring