Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukrainadagi urushda qancha odam halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Ukrainadagi urushda qancha odam halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Foto:«MIGnews»

BMT monitoring missiyasi Germaniyaning «dpa» agentligi so‘roviga ko‘ra Ukraina janubi-sharqidagi mojarolarda necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi.  Bu haqda «Deutsche Welle» yozmoqda.

 Ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada urush qurbonlari soni 2014-yil apreldan 2018-yil oxiriga qadar 12,8-13 ming nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 3,5 ming nafari tinch aholi vakillari, 4 mingi ukrainalik harbiylar, 5,5 ming kishi esa Donetsk va Lugansk isyonchilaridir.

 Shuningdek ushbu davr davomida jabrlangan soni 27-30 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring