Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina prezidentining yordamchisiga suiqasd uyushtirildi

Ukraina prezidentining yordamchisiga suiqasd uyushtirildi

Foto: 24 kanal

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yordamchisi Sergey Shefirning mashinasi 22 sentyabr, chorshanba kuni ertalab Kiyev yaqinida o‘qqa tutildi. Bu haqda Vesti  ma’lum qilmoqda.

Bu urinish Ukraina Ichki ishlar vazirligi vakili tomonidan tasdiqlangan, biroq voqea tafsilotlari hozircha rasman oshkor qilinmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ish qo‘shimcha tekshirishni talab qiladi. Hujum natijasida haydovchi jiddiy jarohatlangan, unga uchta o‘q teggan.

Jabrlanuvchi reanimatsiyaga yotqizilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilmoqda.

«Kvartal 95» studiyasining hammuallifi, Zelenskiyning yaqin hamkori va hamrohi bo‘lgan Sergey Shefir salomatligiga zarar yetmagani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring