Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston Iroqqa 9 mlrd kub metr gaz eksport qiladi

Turkmaniston Iroqqa 9 mlrd kub metr gaz eksport qiladi

8-noyabr kuni «Turkmangaz» rahbari va Iroq energetika vaziri Ziyod Ali Fadel gaz oldi-sotdi bitimining asosiy tijorat shartlari bo‘yicha protokolni imzoladi, deb xabar beradi Turkmaniston TIV. Hujjatga ko‘ra, besh yil ichida Eron orqali Iroqqa yiliga 9 mlrd m3 turkman gazi yetkazib beriladi.

Turkmaniston jahon bozorlariga energiya yetkazib berishni yanada diversifikatsiya qilish siyosatini davom ettirish niyatida. Oktyabr oyi boshida «Turkmangaz» davlat konserni va Iroq elektr energetika vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Foto: mfa.gov.tm

Iroq, ayniqsa, yozda energiya ta’minotida surunkali muammolarga duch kelayotgani, o‘z gazining katta zahiralariga qaramay, mamlakat uni neft va gaz qazib olish zonalaridan gaz elektr stansiyalariga tashish uchun zarur infratuzilmaga ega emasligi aytilmoqda.

Eron Iroqning energiyaga bo‘lgan ehtiyojining 1/3 qismini ta’minlaydi, biroq Tehron to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar tufayli yetkazib berishni tez-tez to‘xtatib turadi, bu esa 43 million iroqlikning kundalik hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan elektr uzilishlarini yanada kuchaytiradi, deb yozgan Iraq News.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring