Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada ovqatdan ommaviy zaharlanish yuz berdi

Turkiyada ovqatdan ommaviy zaharlanish yuz berdi

Foto: «Cumhuriyet»

Ovqatdan zaharlangan kamida 56 kishi (21 nafari bolalar) kasalxonaga keltirildi. Voqea Turkiya sharqidagi Erzinjan shahrida sodir bo‘lgani haqida «Cumhuriyet» gazetasi yozmoqda.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, shahar markazida armiyaga kuzatuv marosimi tugaganidan so‘ng mehmonlarni dasturxonga taklif etishgan. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay deyarli barchada tana harorati ko‘tarilib ketishi, ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi kabi holatlar boshlanib ketgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xizmati jabrlanganlarni kasalxonalarga yetkazgan, birinchi yordamdan so‘ng barcha bemorlar kuzatuv ostiga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring