Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Trampning o‘zi keldi, Putin borgani yo‘q...»

«Trampning o‘zi keldi, Putin borgani yo‘q...»

Foto: «AFP»

Argentinada bo‘lib o‘tgan G20 sammiti doirasida Rossiya va AQSh prezidentlarining rejalashtirilgan uchrashuvi tadbir arafasida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi tomonidan bekor qilingan edi. Bunga sabab sifatida Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa ko‘rsatilgandi.

Xullas, sammit o‘tdi, unda tegishli hujjatlar imzolandi, maxsus deklaratsiya qabul qiliindi. Biroq hozir gap bunda emas. Gap ushbu tadbir jarayonida Rossiya prezidenti V.Putin va AQSh rahbari D.Tramp baribir uchrashganida.

Ikki davlat yetakchilarining suhbati tik oyoqda, nari borsa, 10-15 daqiqa davom etgan. Ushbu holatga aniqlik kiritar ekan, Rossiya prezidentining yordamchisi Yu.Ushakov shunday dedi: «Bizning prezident borgani yo‘q, janob Trampning o‘zi uning yoniga keldi...»

Sammit nihoyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Putin Tramp bilan bo‘lgan qisqa musohabasi haqida to‘xtalib, shuning o‘zi «Kerch bo‘g‘ozidagi holat, bundagi bizning pozitsiyamizni bevosita bildirib qo‘yish»ga yetarli bo‘lganini ta’kidladi. Pirovardida, har kim o‘z fikridan qolganini ham yashirib o‘tirmadi Vladimir Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring