Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «Xohlasak Afg‘onistondagi urushda bir haftada g‘alaba qilardik, ammo...»

Tramp: «Xohlasak Afg‘onistondagi urushda bir haftada g‘alaba qilardik, ammo...»

Foto: «Evening Standard»

Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistondagi urushni bir haftada ham yutishi mumkin edi, ammo oqibatda o‘n millionlab odam qirilib ketgan, mamlakatning o‘zi esa «Yer yuzidan supurib tashlangan» bo‘lardi — Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan muzokaralar avvalida AQSh prezidenti Donald Tramp ana shu so‘zlarni aytib o‘tdi.

Ammo Tramp bu yo‘l tanlanmasligini aytib, Afg‘oniston muammosi muzokaralar yo‘li bilan yechimini topishiga, bu jarayonda hamkorlar, jumladan, Pokistonning yordamiga umid bildirdi.

Trampning aytishicha, Amerika harbiylari Afg‘onistonda deyarli 19 yildan beri turibdi va bu yerda «politsiyachi funksiyasi»ni bajaryapti.

«Bu yaxshi emas, o‘ylashimcha, Pokiston bu borada bizga yordam beradi, biz politsiyachi bo‘lib qolishni istamaymiz», — ta’kidladi Tramp.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring