Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Kim Chen In bilan qachon uchrashishini aytdi

Tramp Kim Chen In bilan qachon uchrashishini aytdi

Foto:«Msnbc.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan navbatdagi uchrashuvi 2019-yilning yanvar yoki fevral oylida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan. Bu haqda «Reyter» agentligi xabar bermoqda.

Noyabr oyida Tramp 2019-yilda Kim bilan uchrashishini aytgandi. Shuningdek, vitse-prezident Mayk Pens ikki davlat rahbarlari sammitiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ma’lumot bergandi.

Kim Chen In bilan uchrashuv uch xil variantda ko‘rib chiqilmoqda. Tramp esa uni AQShga taklif etishini ma’lum qilgan.

Ikki davlat rahbarlari shu yilning 12-iyun kuni Singapurda uchrashgan edilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring