Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tolibon harakati bilan navbatdagi muzokara Saudiyada bo‘lib o‘tadi

Tolibon harakati bilan navbatdagi muzokara Saudiyada bo‘lib o‘tadi

Foto: «InoSMI»

Garchi Tolibon harakati Afg‘oniston hukumatining tinchlik haqidagi taklifini rad qilgan bo‘lsada, yanvar oyida AQSh rasmiy shaxslari bilan uchrashishga tayyor. Tolibon bosh vakili «Reuters» agentligiga ma’lum qilganidek, dekabr oyida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan AQSh rasmiy shaxslari bilan muzokaralar yanvar oyida Saudiya Arabistonida davom ettiriladi.

Saudiya Arabistoni va BAA 1990-yillar oxirlarida Tolibon harakati Afg‘onistonning katta qismini, jumladan, Kobulni bosib olganidan so‘ng, ularning  hukumatini tan olgan kam sonli mamlakatlardan edi. «Biz AQSh rasmiy shaxslari bilan Saudiya Arabistonida yanvar oyida uchrashamiz va Abu-Dabida oxiriga yetkazilmay qolgan muzokaralarni davom ettiramiz», — dedi «Reuters» agentligiga  harakat yetakchilar kengashi a’zolaridan biri. — «Biroq biz barcha manfaatdor tomonlarga Afg‘oniston hukumati bilan gaplashmasligimizni ma’lum qildik».

Tolibon vakili Zabihulla Mujohid ham AQSh qo‘g‘irchog‘i deb hisoblaydigan Kobul hukumati bilan gaplashmasligini ma’lum qildi. Boshqacha aytganda, Tolibon Kobul hukumati bilan muzokara olib borishni rad qiladi, chunki real hukumat Vashingtonga tegishli deb hisoblaydi. Biroq Kobul pirovardida tinchlik bitimini Afg‘oniston hukumati imzolashi lozim ekanligini talab qilib turib olgan va Tolibon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish uchun katta kuch sarflamoqda.

«Muzokaralar afg‘onlar rahbarligi ostida olib borilishi va ularga tegishli bo‘lishi lozim», — bayonot berdi agentlikka prezident Ashraf G‘ani. — «Muhimi, Tolibon bu holatni tan olishi kerak».

Shunga qaramay, AQSh Vashington tomonidan Zalmay Xalilzoda rahbarligi ostida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirdi. Tomonlar uchrashuvi Tolibonning siyosiy ofisi joylashgan Qatar davlatida o‘tkazildi, so‘ngra Abu-Dabiga ko‘chirildi.

AQSh aynan shu yili Afg‘oniston prezidenti lavozimiga saylovlar oldidan Tolibon bilan sulh bitimi tuzishdan umid qilmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qilishicha, Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Tolibon Afg‘oniston hududining 70 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qilgan, NATO esa mamlakatning yarmiga yaqini ushbu harakat nazorati ostida ekanini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring