Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonliklar «qo‘rquv va vahima» sabab Rossiyadan ketishni boshlagan

Tojikistonliklar «qo‘rquv va vahima» sabab Rossiyadan ketishni boshlagan

Illyustrativ foto

«Krokus» voqeasidan so‘ng tojikistonliklar «qo‘rquv va vahima» sabab Rossiyadan ketishni boshlagan. Bu haqda TASS Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Vazir o‘rinbosari Shahnoza Nodirining aytishicha, Tojikiston mehnat vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasiga muhojirlarning murojaatlari ko‘payib ketgan, ular mamlakatdan chiqib ketishmoqchi.

Amaldor Tojikiston fuqarolarining Rossiyani ommaviy tark etishni boshlagani «maishiy darajada» kuzatilayotgan siquvga olishlar bilan bog‘liq emas, degan fikrda. Ammo mehnat vazirligi vakolatxonasiga bir emas, bir necha marta tahdidli xabarlar kelgani ham haqiqat.

Vazirlik tojiklarning Rossiyadan ommaviy chiqib ketishi — vaqtincha holat, deb hisoblamoqda. Muassasa vatandoshlardan internetda tarqalayotgan millatlararo nizo qo‘zg‘ashga qaratilgan xabarlar ta’siriga tushmaslikni so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring