Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Tojikistonda «Krokus» binosiga uyushtirilgan hujum ishtirokchilari bilan aloqadorlikda gumon qilinib, kamida to‘qqiz kishi hibsga olindi. Bu haqda Tojikiston maxsus xizmatlaridagi manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlarning barchasi Vaxdat shahri aholisidir, ular Dushanbega olib ketilgan. Ular IShID guruhiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

143 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan «Krokus»ga qilingan hujumda qo‘lga olinganlarning yetti nafari Tojikiston fuqarolaridir. Sakkizinchisi esa asli qirg‘izistonlik.

Avvalroq Dushanbeda «Krokus»dagi hujum ishi bo‘yicha ayblanuvchilarning qarindoshlariga nisbatan tergov tadbirlari o‘tkazilayotgani haqida xabar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring