Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikiston hukumati Suriyadagi 500 ga yaqin fuqarolarini ortga qaytarmoqchi

Tojikiston hukumati Suriyadagi 500 ga yaqin fuqarolarini ortga qaytarmoqchi

Tojikiston hukumati Suriyadagi lagerlarda qolayotgan fuqarolarini qaytarish niyatida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 18-fevral kuni Tojikiston TIVning Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytilgan, deya yozmoqda «Asia Plus».

«Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 500 ga yaqin tojikistonlik Suriya lagerlarida qolmoqda. Xalqaro tashkilotlar taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyada o‘z vataniga qaytishga tayyor 212 ayol va bola bor. Suriyadagi tojikistonliklarning haqiqiy sonini aniqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, muzokaralar olib borilmoqda»,-dedi Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 30-aprel kuni 84 bola Iroqdan Dushanbega etkazib berilgan. Ular Iroqdagi lagerlarda yoki qamoqxonalarda bo‘lgan ekstremistik guruhlari jangarilarining farzandlaridir. Ulardan ba’zilari ota-onalari tomonidan Iroqqa olib ketilgan, boshqalari o‘sha erda tug‘ilgan. 

Tojikiston hukumati dastlab bu bolalarni qarindoshlariga qaytarilishini aytdi, ammo keyinchalik ular internat va mehribonlik uylariga joylashtirildi.

O‘zbekistonda ham prezident topshirig‘iga ko‘ra, «Mehr» operatsiyasi doirasida Suriya va Iroq hududidan avvaliga 156 nafar, so‘ng 64 nafar og‘ir sharoitda qolayotgan ayollar va bolalar O‘zbekistonga qaytarilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring