Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Titanik»da halok bo‘lgan millionerning oltin soati rekord narxda sotildi

«Titanik»da halok bo‘lgan millionerning oltin soati rekord narxda sotildi

Foto: Bild

Londondagi kimoshdi savdosida «Titanik» kemasida halok bo‘lgan millioner Jon Jeykob Astorga tegishli oltindan yasalgan cho‘ntak soati 1,4 mln yevroga sotildi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.

Fojiadan 112 yil o‘tib sotuvga qo‘yilgan soat eng yaxshi taklifni kiritgan (1,175 mln funt sterling (1,4 mln yevro) amerikalik xususiy kolleksioner ixtiyoriga o‘tdi.

Jon Jeykob Astor taniqli tadbirkor, ixtirochi va yozuvchi, «Titanik» kemasiga chipta sotib olgan eng boy odamlardan biri bo‘lgan. Uning kemadagi so‘nggi lahzalari ta’sirchan va sirli: oxirgi marta uni kema muztog‘ bilan to‘qnashib cho‘kishni boshlaganida sigaret chekib turishganida ko‘rishgan.

Guvohlarga ko‘ra, u rafiqasi Madlenning qutqaruv qayig‘iga o‘tib olishiga ko‘maklashgan, xotini omon qolgan. Biroq o‘zi halok bo‘lgan, uning jasadini Shimoliy Atlantika suvlaridan chiqarib olishgan, yonida o‘sha qimmatbaho soati ham bo‘lgan.

Mash’um fojia guvohi sanalmish ushbu soat hashamat va boylik o‘tkinchi ekaniga bir misoldir — Jon Jeykob Astor atigi 47 yil umr ko‘rgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring