Timoshenko Ukrainani tark etayotgan millionlab kishilar borasida xavotir bildirdi
Ukraina sobiq bosh vaziri, «Batkovщina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko xorijda pul topish uchun mamlakatni tark etayotgan kishilarni «davlat milliy xavfsizlikka xatar» va ushbu jarayonni «o‘z yeridan ommaviy qochish» deya atadi.
«Bu hech qanaqa mehnat turizmi emas, tahlikali tarzda o‘z yerini tashlab ketish», degan Timoshenko partiyasining «Yangi sotsial doktrina: har bir kishi uchun yangi imkoniyatlari» taqdimotida. Ushbu taqdimot «Facebook» ijtimoiy tarmog‘i orqali ham jonli efirda translyasiya qilindi.
Ukraina hukumati xisobiga ko‘ra, 40 milliondan ziyod aholidan 3,2 million kishi doimiy, 9 million kishi esa mavsumiy ravishda xorijda ishlamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter