Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ta’qiblar ostida qolayotgan Atambayev Rossiya harbiy bazasi orqali Moskvaga uchib ketdi

Ta’qiblar ostida qolayotgan Atambayev Rossiya harbiy bazasi orqali Moskvaga uchib ketdi

Qirg‘izistonni 2011—2017-yillarda boshqargan Almazbek Atambayev Rossiyaning mamlakatdagi harbiy bazasi orqali Moskvaga uchib ketdi.

Sobiq prezident Rossiyada bir necha kun bo‘lishini aytgan. Uning safaridan maqsad noma’lumligicha qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi vaqtlarda Atambayevga oson bo‘layotgani yo‘q. Dastlab u partiya rahbarligi so‘ngra prezidentlarning daxlsizlik huquqidan mahrum etildi. Atambayevga korrupsiya, mansabini suiste’mol qilish va boshqa ayblar qo‘yildi. Shuningdek, Atambayev ichki ishlar organiga so‘roq berishdan qat’iyan bosh tortgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring