Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzaniyada noma’lum kasallikdan odamlar vafot etmoqda

Tanzaniyada noma’lum kasallikdan odamlar vafot etmoqda

Tanzaniyada besh kishi noma’lum yuqumli kasallikdan vafot etdi. Mamlakat shimoli-g‘arbida 7 kishida kasallik aniqlangan, deb xabar bermoqda Citizen mahalliy nashri mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi Bukoba shahrida shu paytgacha besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan noma’lum kasallik haqida ogohlantirdi», — deyiladi nashr ijtimoiy tarmoqlarda.

Bemorlarda isitma, qusish, qon ketish va jigar yetishmovchiligi kuzatilgan. Infeksiya turini aniqlash uchun vafot etganlarning jasadlaridan namunalar olindi.

Hududga tezkor javob guruhi yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida JSST Ekvatorial Gvineya mamlakatida ilk bor Marburg virusi tarqalayotgani bo‘yicha ma’lumot bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring