Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzaniyada noma’lum kasallik tarqalmoqda, qurbonlar bor

Tanzaniyada noma’lum kasallik tarqalmoqda, qurbonlar bor

Tanzaniyada uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan noma’lum kasallikning avj olishi tekshirmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Mamlakat janubida joylashgan Lindi viloyatida jami 13 ta holat qayd etilgan. Kasallikning belgilari Ebolaga o‘xshaydi: isitma, kuchli bosh og‘rig‘i, charchoq va burundan qon ketishi va boshqalar.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, laboratoriya tekshiruvlarining dastlabki natijalari xastalarda Ebola virusi mavjudligini istisno qilgan. Rasmiylar yuqtirganlarbilan aloqada bo‘lgan shaxslarni qidirmoqda va besh kishi hozirda izolyasiya qilingan.

Mamlakat bosh shifokori Ayfelo Sichalve tekshiruv davom etar ekan, aholini xotirjam bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, u shunga o‘xshash alomatlarni payqagan har bir odamni darhol tibbiy yordamga murojaat qilishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring