Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vaziridan o‘limdan keyingi donorlik haqida so‘rashdi

Sog‘liqni saqlash vaziridan o‘limdan keyingi donorlik haqida so‘rashdi

Qozog‘istonning prosud.kz. nashri yozishicha, Senat yo‘lagidagi norasmiy muloqotda jurnalistlar Sog‘liqni saqlash vaziri Akmal Alnazarovga Qozog‘istonda o‘limdan keyingi majburiy donorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinmi, deb savol berishgan.

Jurnalistlar bugunda organlarni ko‘chirish amaliyotini minglab qozog‘istonliklar kutayotganini ta’kidlashdi. Ammo odamlar donorlikni ko‘p ham xohlashavermaydi. Shu sababli Qozog‘istonda  bu jarayonni majburiy qilish rejasi bormi, deya qiziqishdi.

–  Aslida qonunchiligimizda Qozog‘istonda o‘limdan keyingi donorlik haqida aytilgan. Ehtimol, uni takomillashtirish kerakdir. Lekin, bu jarayon faqat qonunchilik bilan bog‘liq emas. Bu yerda aholining sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchi muhimroq, –  dedi Akmal Alnazarov.

Uning aytishicha, o‘limdan keyingi donorlik amaliyoti rivojlanishiga aholi tayyor bo‘lishi kerak. Buning uchun esa tushuntirish ishlarini olib borish lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring