Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq prezident korrupsiyada aybdor deb topildi

Sobiq prezident korrupsiyada aybdor deb topildi

Foto: «Reuters»

Ekvador parlamenti 30 noyabr kuni sobiq prezident Gilyermo Lassoni davlat mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topdi va ma’lumotlarni prokurorlarga topshirdi.

«Milliy assambleya 116 ovoz bilan Gilyermo Lassoni o‘g‘irlik uchun siyosiy javobgarlikka tortishga qaror qildi va tegishli tergovni boshlash uchun siyosiy jarayonning barcha hujjatlarini prokuratura va nazorat organiga yubordi», deyiladi parlamentning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Qonun chiqaruvchilar Lassoni davlatga qarashli FLOPEC neft-tanker kompaniyasidagi korrupsiya sxemasiga aloqador deb hisoblashdi. Shu bilan birga, parlament a’zolari sobiq davlat rahbariga davlat lavozimini egallashni taqiqlay olmasligini tan oldilar, chunki bu konstitutsiyada nazarda tutilmagan.

17 may kuni vakolat muddati 2025 yilda tugashi kerak bo‘lgan Lasso Milliy assambleyani tarqatib yuborish va yangi prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. 17 noyabr kuni yangi qonun chiqaruvchi organ ish boshladi va sobiq prezidentning aybdorligi masalasini ko‘rib chiqishni davom ettirishga qaror qildi.

15 oktyabrdagi ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra saylangan Daniel Noboa 23 noyabr kuni prezident lavozimini egalladi. Ekvadorda navbatdagi parlament va prezident saylovi 2025 yilda bo‘lib o‘tishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring