Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgdagi yirik omborda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Sankt-Peterburgdagi yirik omborda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Sankt-Peterburgdagi Wildberries omborxonasi majmuasida 70 ming kvadrat metr maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘inni o‘chirishga 270 ga yaqin kishi va 57 ta texnika jalb qilingan. Prokuratura voqea yuzasidan tekshiruv boshladi.

Bayonotda aytilishicha, hozircha qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Wildberries onlayn-riteyleri matbuot xizmati ushbu ombor kompaniyaga tegishli ekanligini tasdiqladi. Shuningdek, ular sotuvchilarga tovar narxi uchun kompensatsiya berilishini qo‘shimcha qilishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring