Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sankt-Peterburgda avtobus o‘nlab odamlar bilan daryoga quladi

Sankt-Peterburgda avtobus o‘nlab odamlar bilan daryoga quladi

Sankt-Peterburgda odamlar bo‘lgan avtobus daryoga qulab tushdi.

RBK nashri xabariga ko‘ra, Sankt-Peterburgda avtobus Moyka daryosiga qulagan; uning ichida 20 nafarga yaqin kishi bilan.

Shuningdek, avtobusning uch nafar yo‘lovchisi allaqachon suvdan chiqarib olingani xabar qilingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus ikki mashinaga borib urilgan, panjarani buzib o‘tib, suvga qulagan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtobus ichida 20 ga yaqin odam bo‘lgan», — deyiladi idorada.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra,  avtobus ichida 15 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan. Hodisa oqibatida ulardan 4 nafari halok bo‘lgan va yana 4 nafari og‘ir ahvolda. Avtobus haydovchisi qo‘lga olinib,  politsiyaga olib ketilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring