Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruminiyada suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi portladi

Ruminiyada suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi portladi

Ruminiyaning Srevedia qishlog‘ida (Dimbovitsa okrugi) yoqilg‘i quyish shoxobchasida ketma-ket uch marta portlash sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 50 dan ortiq kishi jarohatlangan. Yong‘in turar-joy binolariga ham o‘tgan.

Avvaliga katta yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 3 ta o‘t o‘chirish brigadasi yetib kelgan.

Shoxobcha yaqinidagi yoqilg‘i va gaz baklari bo‘lgan yuk mashinalari ham portlay boshlagan. Bundan tashqari, Dragomiresti shahridagi qurol zavodi va qurol omborlari yaqinida yong‘in davom etmoqda, u yerda Ruminiyaning turli burchaklaridan o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan.

Qayd etilishicha, voqea joyidan 700 m radiusda yashovchi 3 ming mahalliy aholi evakuatsiya qilingan.

Voqea sodir bo‘lgan hududda transport harakati to‘xtatilgan, o‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari va tez yordam mashinalari ishlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring