Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaning yirik desant kemasi portlatib yuborildi

Rossiyaning yirik desant kemasi portlatib yuborildi

Ukraina Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshukning ta’kidlashicha, «Novocherkassk» yirik desant kemasi Feodosiya portida portlatilgan. Zarba Ukraina aviatsiyasi tomonidan berilgan.

«Rossiyadagi flot kichrayib bormoqda! Bu safar Rossiya Qora dengiz flotining flagmani «Moskva» kreyseri ortidan «Novocherkassk» yirik desant kemasi yo‘q qilindi. Harbiy havo kuchlari uchuvchilari va ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman», deb yozadi general-leytenant Oleщuk.

Oleshuk Ukraina samolyoti frontning eng yaqin nuqtasidan taxminan 250 km uzoqlikda joylashgan Feodosiyani qanday turdagi raketa bilan urganiga aniqlik kiritmagan.

Feodosiya — Rossiya tomonidan egallangan Qrim yarim orolining janubi-sharqidagi shahar. Ukrainaning Sevastopolga bir qator hujumlaridan so‘ng, Rossiya Qora dengiz flotining ba’zi kemalari uning portiga ko‘chirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring