Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada tormozi ishdan chiqqan avtobus o‘nlab piyodani bosib ketdi

Rossiyada tormozi ishdan chiqqan avtobus o‘nlab piyodani bosib ketdi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati, Gorniy qishlog‘i, Kalinin ko‘chasida avtobusning tormozi ishdan chiqishi oqibatida bekatga kelib urilishi oqibatida olti kishi vafot etdi. Bu haqda «RIA Novosti» FVV xabariga asoslanib ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligining viloyat bo‘yicha matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelixning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

«Bugun erta tongda Lesnoy shahrida dahshatli voqea sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi vafot etgan va 15 ga yaqin odam turli darajada tan jarohati olgan. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizildi, zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda», — deydi u.

Yo‘lovchi PAZ ishchilarni mahalliy korxonaga eltib qo‘ygan. Qaytishda nishablikda tormozi ishdan chiqishi natijasida avtobus bekatidagi odamlarni bosib ketgan.

Baxtsiz hodisa oddiy avtobusda sodir bo‘lgan, unda 50 ga yaqin odam bo‘lgan.

Hozirda voqea bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Kompensatsiya masalasi hal qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring