Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada taksi haydovchilari taqchilligi kutilmoqda. Muammoni migrantlar yordamida hal etishmoqchi

Rossiyada taksi haydovchilari taqchilligi kutilmoqda. Muammoni migrantlar yordamida hal etishmoqchi

Taksi xizmatini rivojlantirish jamoatchilik kengashi Federatsiya Kengashiga migrantlarga ikki yil muddatga taksida ishlashga ruxsat berish bo‘yicha taklif yubordi. RBK xabariga ko‘ra, bu haqda 15 dekabr kuni jamoatchilik kengashi rais Irina Zaripova matbuot anjumani vaqtida aytib o‘tgan.

Jamoatchilik kengashidagilar fikricha, bunday chora ekspertlar bahosiga ko‘ra 500 mingdan 2,5 milliongacha yetadigan haydovchilar taqchilligi muammosiga qarshi kurashishda yordam beradi.

«Biz migrantlarni qat’iy nazorat ostida taksi ruliga vaqtincha qo‘yishni taklif etamiz, — degan Irina Zaripova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Straxovaya telematika» — haydovchilik parametrlari fiksatsiyasi uchun sug‘urta kompaniyalari tomonidan o‘rnatiladigan maxsus qurilma haydovchilar ustidan samarali nazoratni ta’minlashi mumkin.

Migrantlarga taksi haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berish taklifi Federatsiya kengashining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Sinitsinga yuborilgan. U dekabr oyi boshida taksi muammolariga bag‘ishlangan davra suhbatida bozor ishtirokchilariga taksi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni taklif etgandi. Federatsiya Kengashi hozircha mazkur tashabbus bo‘yicha munosabat bildirmadi.

Ayni vaqtda Rossiyada Belarus, Qirg‘iziston va rus tili alohida ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa davlatlar fuqarolariga o‘z mamlakatida olgan guvohnomasi bilan ham taksi haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berilgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolari esa ishlash uchun Rossiya namunasidagi guvohnomalarni olishi talab etiladi.

Rossiya Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Pyotr Tolstoy noyabr oyida rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga ba’zi kasblarda ishlashni taqiqlashni taklif etgandi. Gap xususan taksi haydovchisi, sotuvchi yoki kurer bo‘lib ishlaydiganlar haqida ham ketgandi.

Rossiya regionlari ishlash uchun patent olgan xorijliklar ishlashi mumkin bo‘lgan iqtisodiyot sohalarini mustaqil ravishda cheklashi mumkin. Masalan, bunday cheklovlar Voronej, Magadan va Tyumen oblastlarida hamda Xanti-Mansiysk avtonom okrugida joriy etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring