Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada ikki yoshli qizaloq kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketdi (video)

Rossiyada ikki yoshli qizaloq kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketdi (video)

Foto: TASS

Rossiyaning Cheboksari shahrida ikki yoshli qizaloq kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketdi va mo‘’jiza tufayli og‘ir jarohat olmadi. Hodisa kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.

Huquq-tartibot organlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan va kanalizatsiya qudug‘i og‘zini ochiq qoldirgan ta’mirchilarga nisbatan jinoiy ish ochdi. Ta’mirchilar quduq qopqog‘ini ochiq qoldirib, bir necha soniyaga boshqa tomonga ketishgan. Shu vaqtda quduqqa 2 yoshli qizcha tushib ketdi. Uning onasi ham ochiq turgan kanalizatsiya qudug‘iga e’tibor bermagan.

Qizcha darhol qutqarib olindi. U jiddiy jarohatlar olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring