Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya dumasi jinoyat kodeksiga shoshilinch o‘zgartishlar kiritdi

Rossiya dumasi jinoyat kodeksiga shoshilinch o‘zgartishlar kiritdi

Rossiya davlat dumasi mamlakat jinoyat kodeksiga Ukrainadagi urush bilan bog‘liq shoshilinch o‘zgartishlar kiritdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

O‘zgartishlarda talon-toroj qilish, jang qilishdan bosh tortish, taslim bo‘lish, dezertirlik va mudofaa buyurtmasini buzganlik uchun jazolar ko‘zda tutilgan. «Safarbarlik, urush holati va urush davri»da sodir etilgan jinoyatlar og‘irlashtiruvchi holatlar hisoblanadi.

Shuning barobarida, xalqaro gumanitar huquqni buzuvchi harbiy jinoyatlar Rossiya jinoyat kodeksiga jinoyat sifatida kiritilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring