Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozoq kurashchisi AQShda kutilmaganda vafot etdi

Qozoq kurashchisi AQShda kutilmaganda vafot etdi

Qozog‘istonlik Olimpiada chempioni Muxambet Kuatbek Amerika Qo‘shma Shtatlarida vafot etdi, deb xabar berdi «Zakon.kz».

«Erkin kurash bo‘yicha 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiadasi chempioni Muxambet Kuatbek 27 yoshida olamdan o‘tdi», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, sportchi AQShda vafot etgan.

Muxambet Kuatbek 2014 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining 54 kilogrammgacha vazn toifasida g‘olibi. O‘sha yili u 58 kilogrammgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori bo‘lgan.

2016 yilda 55 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan. 2017 yilda 55 kilogramm vazn toifasida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining finalida o‘zbekistonlik Jahongirmirza Turobovga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring