Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda un narxi keskin qimmatlashishi mumkin — ekspert

Qozog‘istonda un narxi keskin qimmatlashishi mumkin — ekspert

Foto: «ElDala.kz»

Qozog‘iston donni qayta ishlovchilar ittifoqi prezidenti Yevgeniy Gan mamlakatda un narxi keskin qimmatlashishi ehtimoldan xoli emasligini tasdiqladi. Bu haqda «Zakon.kz» xabar berdi.

Ganning aytishicha, Rossiya YOII mamlakatlariga g‘alla olib chiqishni taqiqlashiga qadar Qozog‘iston bozorida ham mahalliy, ham Rossiya doni mavjud edi. Qator omillar sababli rossiyaliklarning bug‘doyi birmuncha arzon edi. Qozog‘istonda bir tonna bug‘doy 115-118 ming tenge atrofida sotilgan.

Rossiya YOII mamlakatlariga don eksportini taqiqlaganidan so‘ng ichki bozor (Qozog‘iston)ga Rossiyaning arzon doni kelishi uzildi. Oqibatda mahalliy bug‘doy narxi ichki bozorda keskin oshib, hozir tonnasi 150 ming tenge atrofida sotilmoqda.

Mutaxassisning aytishicha, don narxining mana shu 25 foizlik o‘sishi, turgan gapki, un narxiga ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Bugungi kunda qozog‘istonlik ishlab chiqaruvchilar yangi qiymatdagi dondan un chiqarishni boshladi va bu un narxlarida ham aksini topyapti. Un narxi bir tekis yuqorilab boryapti. Ijtimoiy non narxi saqlanib qolgani bilan, boshqa non mahsulotlari narxi qimmatlashishi aniq va muqarrar, dedi Yevgeniy Gan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring