Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda endi pedofil va bolalar qotillari umrbod qamalishi mumkin

Qozog‘istonda endi pedofil va bolalar qotillari umrbod qamalishi mumkin

Qozog‘iston parlament quyi palatasi deputatlari pedofil va bolalar qotillariga umrbod qamoq jazosini qo‘llashga doir qonun loyihasini qabul qildi.  

«Voyaga yetmagan bolaning o‘ldirilishi va pedofiliya uchun ular umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. Mahalliy ayollar va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni birinchi o‘qishda ma’qullandi», – deyiladi parlament quyi palatasi xabarida.

Shuningdek, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga jinsiy shilqimlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi hamda oiladagi zo‘ravonlik uchun jazo kuchaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring