Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda davlat mablag‘larini tejash rejimi joriy qilindi

Qozog‘istonda davlat mablag‘larini tejash rejimi joriy qilindi

Qozog‘istonda suv toshqinidan jabr ko‘rgan fuqarolarga yo‘naltirish maqsadida davlat mablag‘larini tejash rejimi joriy etildi.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qildi, deya ma’lumot beradi prezident matbuot xizmati. 

«Prezident davlat mablag‘larini fuqarolarga yo‘naltirish uchun tejamkorlik rejimini joriy etishga qaror qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u barcha jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatilishiga ishontirdi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uy-joyidan ayrilgan yoki ta’mirlashga muhtoj fuqarolarga qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

9-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin To‘qayev bilan telefon orqali suhbatda ikki davlatning chegaradosh viloyatlaridagi suv toshqinlarini muhokama qilgandi. Tomonlar suv toshqinlarini bartaraf etish, vaziyatni birgalikda kuzatish va prognozlash, chaqiriqlarga birgalikda javob berish sohasida yanada faolroq hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, Ural daryosida suv sathi toshishi oqibatida Rossiya va Qozog‘iston hududlari suv toshqinidan jabr ko‘rmoqda. Qozog‘istonda 100 ming kishidan ortiq fuqarolar evakuatsiya qilindi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring