Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda chet ellik fuqarolarning mamlakat hududida vaqtincha bo‘lish muddati 5-iyun kuni tugaydi

Qozog‘istonda chet ellik fuqarolarning mamlakat hududida vaqtincha bo‘lish muddati 5-iyun kuni tugaydi

Qozog‘iston vakolatli organlariga ko‘ra, 2021-yil 5-iyun kuni respublika hududida chet elliklarning vaqtinchalik qolish muddati tugaydi. COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan xorijliklarni mamlakatdan chiqib ketishiga imkoniyat bo‘lmagani bois vaqtincha bo‘lib turish muddatlari bir necha marta uzaytirilgan edi. Shu munosabat bilan chet elliklar va ularni taklif qilgan shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortilishining oldini olish maqsadida belgilangan muddatgacha Qozog‘iston Respublikasi hududida qolishni qonuniylashtirish so‘raladi.

Qozog‘iston hukumati xabarida ayni paytda davlat chegarasidagi yer va havo qatnovlari odatiy tarzda faoliyat yuritayotgani qayd etilgan. Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Koreya Respublikasi, Ukraina, Turkiya, Misr, Germaniya, BAA, Niderlandiya, Gruziya, Chernogoriya va Shri-Lanka kabi 15 davlat bilan muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston chegara xizmati chet ellik fuqarolarning mamlakatdan to‘siqsiz qaytishi uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning Olmaotadagi Bosh konsulxonasi O‘zbekiston fuqarolaridan Qozog‘iston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turish muddati tugagan bo‘lsa, o‘zlarining yashash joyidagi ichki ishlar organlarida mamlakatda qolish holatini qonuniylashtirish yoki 2021-yil 5-iyundan oldin mamlakat hududini tark etishini tavsiya qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring