Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston Turkiyaga shoshilinch yordam uchun 1 million dollar ajratadi

Qozog‘iston Turkiyaga shoshilinch yordam uchun 1 million dollar ajratadi

Foto: world-nan.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Hukumatga zilziladan jabr ko‘rgan Turkiyaga shoshilinch yordam ko‘rsatish uchun 1 million dollar ajratishni topshirdi. Bu haqda 8-fevral kuni mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

«Davlat rahbari og‘ir oqibatli zilzila natijasida jabr ko‘rgan Turkiya Respublikasiga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun hukumatga 1 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, Qozog‘iston vakolatli organlari Turkiya tomoni bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha yordam ko‘rsatish masalasini ham o‘rganmoqda», – deyiladi xabarda. 

Qozog‘iston FVV matbuot xizmati esa prezident topshirig‘i bilan qutqaruvchilarning ikkinchi guruhi Turkiyaga jo‘natilganini ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, 60 nafar shaxsiy tarkibdan iborat bo‘linmada shifokorlar va kinologiya otryadlari bor.

«Mazkur bo‘linma 150 ga yaqin turdagi avariya vositalari va jihozlari, 160 dan ortiq turdagi dori vositalari bilan jo‘natilmoqda», – deyiladi vazirlik xabarida.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring