Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston prezidenti qaysi kitoblarni o‘qiydi?

Qozog‘iston prezidenti qaysi kitoblarni o‘qiydi?

Foto: «CA-NEWS»

Hozir Qozog‘iston prezidentining stolidan Alek Rossning «Kelajak sanoati», Yuval Noy Xararining «21 Lessons for the 21 Century», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Xanna Paragning «The Future is Asian» kabi kitoblari joy olgan. Shuningdek, u «Time», «Economist», «Le Monde», «Jenmin jibao» (elektron ko‘rinishda) kabi gazeta va jurnallarni mutolaa qiladi. Bu haqda «Tengrinews.kz» muxbiriga prezident matbuot kotibi Berik Uali ma’lum qilgan.

Bilasizmi, prezident Abayning yaqinda bo‘ladigan yubileyiga bag‘ishlangan chellenjda qatnashdi. Davlat rahbari bu voqeaga hozirlik ko‘rganini, Abayning «Hikmat kitobi»ni qayta o‘qib chiqqanidan xabardorman. Jahon klassikasiga kelsak, ayniqsa, rus adabiyotini yaxshi biladi, — deydi Berik Uali.

Matbuot kotibining ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda Qosim-Jomart Tokayevning kitoblar mutolaasiga ko‘p vaqti bo‘lmayapti.

— Shunga qaramay, u siyosiy adabiyotga ham, badiiy asarlarga ham, yangi ilmiy nashrlarga ham vaqt ajratishga harakat qilyapti. Bilishimcha, prezident kitoblarni birin-ketin emas, bir paytning o‘zida bir nechtasini o‘qishga odatlangan.

Ta’kidlash joizki, bugun Qosim-Jomart Tokayevning prezidentlik qila boshlaganiga 100 kun bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring