Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shni davlatda ayollarga hujum qilgan bo‘ri quturgan bo‘lib chiqdi

Qo‘shni davlatda ayollarga hujum qilgan bo‘ri quturgan bo‘lib chiqdi

21 dekabr kuni Qarag‘anda viloyatining Karkaralinsk shahrida odamlarga hujum qilib, keyinroq otib tashlangan bo‘ri quturgan bo‘lib chiqdi. Shu munosabat bilan Qarqarali tumanida bir oy muddatga cheklovlar joriy etildi, deb yozadi Zakon.kz.

Qayd etilishicha, Qarqarali tumani hokimligi quturish kasalligi sababli oylik cheklovlar joriy etilishini ma’lum qilgan. 21 dekabr kuni Qarqaralida uch nafar ayolga hujum qilgan bo‘rida halokatli kasallik aniqlangan.

«27 dekabrdan boshlab shaharda cheklov choralari joriy etilmoqda. Go‘sht va sut mahsulotlarini sotish, mushuk va itlar ko‘rgazmalari o‘tkazish, hayvonlarni aholi punktlaridan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi. Shuningdek, chorva va uy hayvonlari quturish kasalligiga qarshi emlanadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring