Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini bermaydi

Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini bermaydi

AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika tomoni Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermasligini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda.

Jo Bayden Oq uydagi jurnalistlar bilan uchrashuvda ularning «Vashington Kiyevga qiruvchi samolyotlar yuboradimi», degan savoliga «Yo‘q» deb javob bergan.

27 yanvar kuni AQSh Mudofaa vazirligi F-16 samolyotlarini Ukraina qo‘shinlariga topshirishga ruxsat bergan edi. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singxning aniqlik kiritishicha, Vashington qurol yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqishdan voz kechmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta AQSh rasmiylari Kiyevga 31 ta «M1 Abrams» tankini topshirish niyatida ekanligini e’lon qilgandi. O‘z navbatida, Germaniya hukumati Ukrainaga Germaniya qurolli kuchlari zaxirasidan 14 ta «Leopard 2» tankini jo‘natishini va boshqa davlatlarga reeksport qilish uchun ruxsat berishini tasdiqladi. Buyuk Britaniya, Norvegiya, Polsha, Slovakiya va Fransiya ham tanklarni Ukrainaga o‘tkazish niyatida ekanligini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring