Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston TIV jiddiy bayonot bilan chiqdi (foto)

Qirg‘iziston TIV jiddiy bayonot bilan chiqdi (foto)

Foto: Qirg‘iziston TIV

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2022-yil 14-17-sentyabr kunlari Tojikiston bilan chegara hududida sodir bo‘lgan voqealar talafotlarini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mojaro va qurolli to‘qnashuvlar oqibatida Qirg‘izistonning 59 nafar fuqarosi halok bo‘lgan, 163 nafari jarohat olgan. 140 mingga yaqin kishi majburiy evakuatsiya qilingan. Katta miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

«Qirg‘iziston tomonida Tojikiston harbiylari tomonidan sodir etilgan vahshiylik va jinoyatlarga oid barcha dalillar (foto va video materiallar) mavjud. Agar kerak bo‘lsa, Qirg‘iziston tomoni bu dalillarni taqdim etishga tayyor», deyiladi TIV bayonotida.

Tojikiston tomonini ilgari erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.

«Bu harakatlar keng ko‘lamli davlatlararo mojaroning boshlanishiga, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin», deyiladi bayonotda.

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni faqat tinch yo‘l va siyosiy-diplomatik usullar bilan muzokaralar stolida hal qilish zarurligi haqidagi pozitsiyasini qayd etgan.

Avvalroq Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sodiq Imomiy so‘nggi 12 yilda Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida 250 dan ziyod qurolli nizo yuz bergani, 500 kilometrdan ortiq chegara chizig‘i borasida kelishuvga erishilgan bo‘lsada,  asosiy uchastkalar muammoligicha qolayotganini bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring