Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonda vazir 110 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Qirg‘izistonda vazir 110 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Kecha, 28-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston ta’lim vaziri Almazbek Beyshenaliyevning huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan hibsga olingani haqidagi xabarlar mavzuga aloqador videotasvirlar bilan tarqalgan edi.

Mamlakat IIV ushbu xabarlarni tasdiqlab, vazirning daliliy ashyolar bilan qo‘lga olinish jarayoni tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi.

Kadrda mansabdorning pullar solingan xatjildni olgani va «Hamma joyda kameralar. Noqulay... lekin, rahmat» degani muhrlangan.

Ichki ishlar vazirligi uni chet ellik talabalarni Qirg‘iziston oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritish uchun 110 ming dollar pora olganlikda gumon qilmoqda.

Almazbek Beyshenaliyev pullarni olib, avtomobiliga o‘tirayotganida organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan va maxsus ishlov berilgan pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring