Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putindan «Tolibon»ni «qora ro‘yxat»dan chiqarish so‘raldi

Putindan «Tolibon»ni «qora ro‘yxat»dan chiqarish so‘raldi

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi «Tolibon»ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni taklif qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi prezident Putinga «Tolibon» (terrorchi tashkilot sifatida tan olingan va Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan) mamlakatda ochilgan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish taklifini bergan. Bu haqda TIVning Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.

«Bu («Tolibon»ni tan olishdan oldin taqiqlangan ro‘yxatdan olib tashlash) majburiydir. Busiz tan olish haqida gapirishga erta bo‘ladi. Shuning uchun bu muammoni o‘rganish davom etmoqda. Barcha mulohazalar Rossiya oliy rahbariyatiga bildirilgan. Qaror qabul qilinishini kutmoqdamiz», — dedi diplomatik departament vakili.

BMT Xavfsizlik Kengashi 2003 yilda «Tolibon»ni terrorchi tashkilot deb tan olgan. O‘sha yili Rossiya ham uni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring