Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin ko‘p bolalilik urf bo‘layotganidan xursandligini aytdi

Putin ko‘p bolalilik urf bo‘layotganidan xursandligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyada ko‘p bolalik urfga qo‘yilganidan xursand ekanligini aytdi. Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

10 yanvar kuni Rossiya davlati rahbari Chukotka avtonom okrugiga borgan.

Putin tez orada ko‘p bolali oilalar uchun yagona federal maqom o‘rnatish bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, ko‘p bolali oilalar an’anasini qayta tiklash muhimligini ta’kidlab, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga maksimal darajada e’tibor qaratishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yakunlariga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi 25 yil ichida tug‘ilishning eng kam ko‘rsatkichi qayd etilishi mumkinligi aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring