Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pulitser mukofoti-2021 topshirildi: Jorj Floyd, koronavirus, siyosat va korrupsiya...

Pulitser mukofoti-2021 topshirildi: Jorj Floyd, koronavirus, siyosat va korrupsiya...

Foto: «Getty Images»

Nyu-Yorkda 11-iyun kuni Pulitser mukofoti-2021 topshirildi. Bu haqda tashkilot saytida ma’lum qilindi.

Jorj Floyd o‘limi bilan bog‘liq tafsilotlarni yoritgan «Star Tribune» gazetasi (Minneapolis, AQSh) «Yangiliklar nominatsiyasi»da g‘olib bo‘ldi.

«The New York Times» gazetasi koronavirus pandemiyasi haqidagi maqolalari uchun «Jamiyatga xizmat» nominatsiyasida taqdirlandi.

Uesli Morris nashriyoti mualliflaridan biri irqiy tengsizlik mavsuzidagi maqolalari uchun «Tanqid» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

«Jurnalistik surishtiruv» nominatsiyasini «Boston Globe» xodimlari Mett Roshelo, Vernal Koulman, Laura Krimaldi, Evan Allen va Brendan Makkarti qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek:

  • «The Tampa Bay Times» gazetasi 2020-yilda chop etilgan, Pasko okrugidagi politsiyaning qing‘ir ishlari haqidagi mahalliy yangiliklari;
  • «BuzzFeed» portali Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan olib borayotgan siyosatiga bag‘ishlangan turkum maqolalari;
  • «Reuters» va «The Atlantic» AQSh federal sudi va koronavirus borasidagi surishtiruvlari uchun tegishli mukofotlar bilan taqdirlandi.

Luiza Erdrixning «Tungi qorovul» romani eng yaxshi badiiy kitob deb topildi (1950-yillarda o‘z yerlaridan ko‘chirib yuborilgan Amerika hindulari haqida).

«Eng yaxshi hujjatli kitob» nominatsiyasini esa Devid Sukkino «Vilmintonning yolg‘oni» asari uchun oldi — unda AQShda XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida oq irq vakillarining yetakchilikka intilish harakati hikoya qilinadi.

Ma’lumot uchun: nufuzli Pulitser mukofotiga kelib chiqishi vengriyalik jurnalist va noshir Jozef Pulitser (1847-1911) asos solgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring