Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Project Syndicate: Dunyo ehtimoliy bioteraktga tayyor turishi kerak

Project Syndicate: Dunyo ehtimoliy bioteraktga tayyor turishi kerak

Foto: «Ok.ru»

«REGNUM»ning yozishicha, keyingi 10—15 yil davomida odamzod inson xatosi tufayli xavfli virusning bexosdan tarqalib ketishi yoki bioteraktga duch kelish xavfi mavjud, deya xabar berdi britaniyalik kosmolog va astrofizik Martin Ris «Project Syndicate» nashrida chop etilgan maqolasida.

«Keyingi 10—15 yil davomida bioterakt sodir bo‘lishi yoki inson xatosi tufayli patogen bexosdan tarqalib ketishi mumkin. Uzoq istiqbolda viruslarni ishlab chiqish yoki sintez qilish imkoniyatlari paydo bo‘lgan zahoti xavf-xatar ortadi. Bunday dahshatning eng katta cho‘qqisi oddiy shamollash kabi yuqadigan bioqurol bo‘lishi mumkin», — dedi Ris.

Britaniyalik olimning ta’kidlashicha, patogenning qasddan tarqatish ko‘lamini oldindan aytib ham, nazorat qilib ham bo‘lmaydi. Uning fikricha, ana shu fakt davlatlar yoki hatto terrorchi guruhlar tomonidan biologik quroldan foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring