Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qariya» prezident pop yulduziga qarshi: Saylov vaqtida ijtimoiy tarmoqlar nega yopildi?

«Qariya» prezident pop yulduziga qarshi: Saylov vaqtida ijtimoiy tarmoqlar nega yopildi?

Foto: Reuters

14-yanvarda Ugandada prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda 11 nomzod ishtirok etdi. 17,6 million ugandalik ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ular 35 ming saylov uchastkasida o‘z ovozlarini berishdi.

Nomzodlar orasida 1986-yildan buyon davlatni boshqarib kelayotgan prezident, 76 yoshli Yoveri Museveni bu gal olti bor nomzodini ilgari surdi. Aslida qonun bo‘yicha, prezidentlik vakolat muddati 5 yil bo‘lib, ikki muddatdan oldin qo‘yish mumkin emas edi. Ammo bu cheklovlar allaqachon olib tashlagan, hatto 2017 yilda Prezidentning yuqori yosh chegarasi 75 yoshdan baland bo‘lmasligi haqidagi bandlar ham bekor qilingan.

Koronavirus sababli nomzodlar o‘rtasidagi debatlar ham man etildi, 11 ta mintaqada saylov kampaniyalari ham to‘xtatildi. Xavfsizlik kuchlari maxsus bo‘linmalari butun mamlakatdagi 39 ta mintaqaga joylashtirildi.

Seshanba kuni esa hukumat qarori bilan mamlakatdagi barcha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar taqiqlab qo‘yilgan edi. Mamlakat prezidenti Museveni noqulaylik uchun kechirim so‘radi, biroq «Feysbuk» hukmron Milliy qarshilik harakati partiyani qo‘llab-quvvatlovchi 50 ta akkauntlarni yopgandan so‘ng bundan boshqa yo‘li qolmagani ham bildirib o‘tdi.

Foto: https: newsru.co.il

Gap shundaki, «Feysbuk» Uganda axborot vazirligi ixtiyoridagi sahifalarni yopib qo‘ydi. Ular go‘yoki soxta va bir-birini takrorlovchi akkauntlardan foydalangan holda saylov haqidagi yangiliklarni tarqatib borishgan.

«Biz tashqaridan turib Ugandada kim yaxshi, kim yomon degan qaror qabul qilishlariga toqat qilishimiz mumkin emas», – deya bayonot berdi o‘shanda prezident.

Ammo oxirgi yillarda muxolifatga ham bosimlar kesin kuchaygani bor gap. Masalan, eng asosiy muxolif nomzod, parlament deputati, musiqachi, 38 yoshli Bobi Vayn (asli ismi Robertom Kyagulani) Keniya radiostansiyaga bergan telefon intervyusida uning Kampaladagi uyiga organ xodimlari kirib, nima bo‘lsa, hammasini olib chiqib ketishgani, doimiy taqiblar ostida yashayotganini ma’lum qilgan.

2017 yilda parlament deputati bo‘lgan va yoshlar orasida katta mashhurlikka ega Vayn kuchli xarakterga ega bo‘lib, muzokaralar olib borish va koalitsiya tuzish qobiliyatiga ega. U o‘z chiqishlarida korrupsiyaga qarshi kurash, fuqarolik jamiyati qurish va hokimiyat almashuvini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratish niyatini bildirgan.

Noyabr oyida xavfsizlik kuchlari va san’atkor tarafdorlari o‘rtasidagi uni hibsga olinishi munosabati bilan bir necha to‘qnashuvlarda 50dan ortiq odamlar qurbon bo‘lgan edi. Namoyishchilar o‘limidan keyin Xavfsizlik kuchlari ayrim yuqori martabali xodimlariga nisbatan AQSh sanksiyalar joriy etish bilan tahdid qildi. Shundan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Foto: Reuters

Saylov komissiyasi raisi Simon Mugeni Byabakama ma’lumotlariga ko‘ra, garchi koronovirus pandemiyasiga qaramay, prezidentlik va parlamentlik saylovlarini muvaffaqiyatli o‘tdi. Dastlabki hisob-kitoblarga qaraganda, amaldagi prezident 61,31 foiz ovoz olgan bo‘lsa, pop yulduzi esa 28 foiz ovoz jamg‘argan.

2016 yilda bo‘lib o‘tgan avvalgi saylovlarda ham 7 nafar nomzod orasida Yoveri Museveni 61 foiz ovoz bilan u ishonchli g‘alaba qozongan edi. Mamlakat tarixida hokimiyat hali biror marotaba bir shaxsdan ikkinchisiga tinchlik yo‘li bilan o‘tmagan.

Jahondagi eng yosh davlat

Odatda yosh davlat deganda mamlakatning yaqinda mustaqil bo‘lgani emas, umumiy aholisining yoshi nazarda tutiladi. Bu yerda 50 foiz aholining yoshi 15 yoshdan, 78 foizi 30 yoshdan kichikdir.  Har bir ayol o‘rtacha 5-6 nafar bolani dunyoga keltirmoqda. Jahon rekordi ham shu yerda qayd etilgan.

Kampala shimolidagi qishloqda yashovchi Mariam Nabatanzi 13 yoshida turmushga chiqib qirqqa chiqquncha 44 bolani (3 bora to‘rt egizak, 4 bora uchtalik egizak, 6 bora ikkitalik egizak va ikki bolasi bittadan) dunyoga keltirgan va ularning 38 nafari katta bo‘lmoqda.

Mariam Nabatanzi va uning bolalari

Uganda Kongo Demokratik Respublikasi va boshqa sharqiy Afrika mamlakatlaridan kelgan 1,2 million nafar qochoqqa boshpana bergan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi.

Ugandada so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishlari tufayli mamlakatning asosiy eksport mahsuloti bo‘lgan kofe ishlab chiqarish hajmlari keskin kamayib ketmoqda, harorat ko‘tarilishi esa hashoratlar ortishiga sabab bo‘layapti. Ayrim hududlarda suv toshqinlari yuzaga kelayapti, ba’zilarida esa qurg‘oqchilik.

Yoveri Museveni 35 yillik boshqaruvi davrida mamlakat farovonligini sezilarli oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni o‘tkazdi, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tavsiyalarga amal qila boshladi, narxlarni tartibga solishdan voz kechish, liberal bozor islohotlarini o‘tkazishni boshladi, hokimiyatni markazlashtirmaslik siyosatini olib bordi.

2006 yilda ilk ko‘p partiyali saylovlar o‘tkazildi. Aholi turmush darajasi o‘sa boshladi. 2017 yilda XVJ direktori Kristin Lagard Ugandani misol qilib «muvaffaqqiyatning Afrikacha tarixi» deb ta’riflagan edi. Ammo o‘sish sur’atlari aholi ko‘payishidan tobora ortda qolmoqda. Kamol topayotgan yoshlar malakali ish o‘rinlariga egalik istiqbolini ko‘rmayapti va ularning uchdan biri chetga chiqib ketishni istamoqda.

Ayni paytda Prezidentning katta o‘g‘li, general-leytenant Kaynerugaba davlat rahbari va uning oilasini himoya qiluvchi Uganda qurolli kuchlari elita bo‘linmasining rahbari hisoblanadi. U shuningdek, mamlakatda katta siyosiy ta’sirga ega, barcha darajadagi harbiylarni muhim lavozimlarga tayinlash va ishdan olish vakolatiga ham ega. Ehtimol, keyingi saylovga qadar aynan shu farzandini o‘z o‘rniga tayyorlayotgan bo‘lsa ham ne ajab.

G.Ravshanova, xalqaro sharhlovchi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring