Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poroshenko Putin u bilan gaplashishni istamayotganligini ma’lum qildi

Poroshenko Putin u bilan gaplashishni istamayotganligini ma’lum qildi

Foto:«Gazeta.ru»

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko «France 24» telekanaliga bergan intervyusida Kerch qo‘ltig‘idagi holat yuzasidan Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bog‘lana olmayotganidan shikoyat qildi. 

Ukraina prezidenti Putin bilan istagan shakldagi telefon muloqotiga—ikki tomonlama, yoki «Normand to‘rtligi» shaklida, amerikalik hamkorlar ishtirokida o‘tkazishga tayyor.

Poroshenkoning fikricha, Rossiya Kerch qo‘ltig‘ida xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzgan.

Avvalroq, Ukraina kemalari Kerch qo‘ltig‘idan Rossiya hududini kesib o‘tgani, to‘qnashuvlarda uch nafar harbiy jarohat olgani haqida xabar berilgandi. Hozirda Rossiya tomoni ularni ushlab turibdi.

«Butun jahonning tezkor talabi Ukraina harbiylari va kemalarini ozod qilishdir», deya ta’kidlagan Poroshenko.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov Ukraina tomondan Putin-Poroshenko telefon muloqoti uchun so‘rov bo‘lgani, lekin u tashkil etilmaganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring