Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Politsiyachi bo‘g‘ib o‘ldirgan Floydning organizmidan koronavirus va giyohvand moddalar topildi

Politsiyachi bo‘g‘ib o‘ldirgan Floydning organizmidan koronavirus va giyohvand moddalar topildi

Foto: «Yourfoodrus.ru»

Politsiyachilar hibsga olish natijasida vafot etgan qora tanli Jorj Floyd koronavirusni yuqtirgan ekan. Bu haqda Xennepin okrugi sudtibekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga tayanib «The Sun» xabar berdi.

Rasmiy xulosada kasallik Floydda alomatsiz kechgan bo‘lishi mumkin deb yozib qo‘yilgan.

Shifokorlar marhumning organizmidan, shuningdek, kannabinoid, amfetamin va fentanil kabi moddalarni topishgan.

Avvalroq Xennepin okrugi sud-tibbiy ekspertiza byurosi sudtibekspertlari Jorj Floyd politsiya tomonidan hibsga olish paytida ishlatilgan usul natijasida kelib chiqqan kardiopulmonar shok (yurak va nafas to‘xtashi) oqibatida vafot etganligini ma’lum qilgandi. AQSh sudtibekspertlar uyushmasi ularning xulosasini ma’qullashgan.

AQShning o‘nlab shaharlarida mana bir necha kundirki Minneapolisda shafqatsizlarcha hibsga olingan qora tanli kishining o‘limi yuzasidan politsiyaning shafqatsizliklariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim vaziyatlarda noroziliklar tartibsizliklar, politsiya bilan to‘qnashuvlar, talonchilik va bosqinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring