Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokistonda qor-yomg‘ir 40 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Pokistonda qor-yomg‘ir 40 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Foto: «geo.tv»

Pokistonning bir qancha provinsiyalari hamda Kashmirning unga tegishli bo‘lgan hududlarida ko‘p qor va yomg‘ir yog‘ishi natijasida 40 dan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi «Geo TV» telekanali.

Avvalroq 14 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Telekanalning xabar berishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda Belujiston provinsiyasida 22 kishi, Panjobda 3 kishi va Sindda yana 1 kishi bu dunyoni tark etdi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kishi Pokiston nazoratida bo‘lgan «Ozod Kashmir» hududida qor va jala qurboniga aylangan.

Ta’kidlanishicha, qor va yomg‘irdan jiddiy talafot ko‘rgan Belujiston provinsiyasining yettita okrugida favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring