Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peruda 3000 yillik mumiyo topildi (foto)

Peruda 3000 yillik mumiyo topildi (foto)

Perulik tadqiqotchilar yoshi uch ming yil deb baholangan mumiyoni topishdi. Qazishmalar mamlakat poytaxti Limaning eski tumanida olib borilgan. Bu haqda "MIR24" xabar bermoqda.

Taxminlarga ko‘ra, mumiyo 50 yoshgacha bo‘lgan erkak. Mumiyoning bosh suyagi va hatto uzun qora sochlari yaxshi saqlangan.

Mumiyoning oyoqlari arqon bilan bog‘langan, shuning uchun olimlar bu inson qurbonlik qilinganini taxmin qilishmoqda.

Qoldiqlar yonidan loy bo‘laklari, makkajo‘xori zarralari, qobiq va koka barglari ham topilgan. Bularning barchasi marosim paytida yoki undan keyin qurbonlik sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring